Biz urushni tugatishning deyarli marra chizig‘iga yaqinlashib qoldik. 28 banddan iborat reja hali yakunlanmoqda, ammo kelishuv asoslari allaqachon mavjud, dedi Kit Kellog.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaxshiroq bayon qilinishi va tushuntirilishi kerak bo‘lgan ba’zi masalalar mavjud. Hujjatda xavfsizlik kafolatlari ham bo‘ladi - Budapesht memorandumi va Minsk kelishuvlaridagi xatolardan qochish uchun Qo‘shma Shtatlar kelishuvning asosiy kafili bo‘lishi kerak.
Kellogg ukrainaliklar amerikaliklarga ishonishini va Zelenskiy ehtimol Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurib, rejani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.