Keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchaydi.
Xususan, yangilangan Konstitusiyamizda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar o‘z takliflarini quyi palataga kiritish huquqiga ega ekani kafolatlandi.
Fuqarolarning tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil etishni taklif qildi.