Yangilangan Konstitusiyaga ko‘ra, Davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi. Bu muhim vakolat deputatlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat ham yuklaydi.
Birinchi galda palataning Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirishning vaqti-soati kelgani ta’kidlandi.
Jumladan, Hukumatning davlat byudjetiga doir barcha hisobotlarini palataga faqat Byudjet kodeksida belgilangan audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyotiga o‘tish kerak.
Bundan tashqari, davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishda parlament qo‘mitalari rolini oshirish ham muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayotgani, yangi saylangan deputatlar ushbu masalaga alohida yondashishlari zarurligi qayd etildi.