Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Yangibozor tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Yangibozor tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.V.” MCHJ rahbari N.S. savdo do‘konida 15 502 dona iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:38 17.07.2025. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!