Abu Rayhon Beruniy 973 yilda Xorazmda tug‘ilgan.
Alloma matematika, astronomiya, tarix, geografiya singari turli fan sohalari bilan shug‘ullanib, 160 dan ortiq asarlar yozgan.
U Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrini ilgari surgan. Yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab bergan.
1029 ta yulduzning koordinatalari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik xaritasini tuzgan.
Beruniy yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin Amerika qit’asi mavjudligini taxmin qilib, o‘z asarlarida bir necha bor qayd etgan.
Uning g‘arbiy yarim sharda katta quruqlik – materik mavjudligi to‘g‘risidagi fikri XV-XVI asrlarda o‘z tasdig‘ini topgan.
Abu Rayhon Beruniy 1048 yilda G‘azna shahrida vafot etgan.