Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Agar Putin bilan birinchi uchrashuvim yaxshi o‘tsa....

Agar Putin bilan birinchi uchrashuvim yaxshi o‘tsa....

Agar Putin bilan birinchi uchrashuvim yaxshi o‘tsa, darhol ikkinchi uchrashuvni o‘tkazamiz. Unda Putin, Zelenskiy va men ishtirok etamiz, dedi AQSh prezidenti

Donald Trampning boshqa bayonotlari:

◾️ Agar Putin bilan uchrashuvimda “tinchlik o‘rnatish uchun zarur javoblar”ni olmasam, keyingi uchrashuv bo‘lmaydi;

◾️ Umid qilamanki, Putin va Zelenskiy tez orada birgalikda muzokaralar o‘tkazadi;

◾️ Zelenskiyni Putin va mening Alyaskadagi uchrashuvimizga taklif qilish g‘oyasi umuman ko‘rib chiqilmagan;

◾️ Yevropa davlatlari yetakchilari va Zelenskiy bilan muloqotimiz judayam yaxshi o‘tdi, men buni 10 ball bilan baholagan bo‘lardim;

◾️ Putinni Ukraina shaharlariga hujumlarni to‘xtatishga ko‘ndira olishimga ishonchim komil emas. Chunki buni Rossiya prezidenti bilan avval ham muhokama qilganman;

◾️ Agar Rossiya juma kungi uchrashuvda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, uni “o‘ta jiddiy oqibatlar” kutadi.

Kiritildi: 22:35 13.08.2025. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!