Yangi Zelandiya hukumati Livanning “Hizbulloh” harakatini terrorchi tashkilot deb tan oldi.
Bu haqda RNZ radiostansiyasi ma’lum qildi.
Bosh vazir Kristofer Lakson hukumat Hizbullohni terrorchilar ro‘yxatiga kiritish uchun barcha kerakli dalillarga ega ekanligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, barcha zarur qonuniy tartib-qoidalarga rioya qilindi.