Qozog‘istonning Kiyevdagi elchixonasi qozog‘istonliklarga «artilleriya o‘qlari va havo hujumlarining kuchayishi» sababli Ukrainani tark etishni tavsiya qildi.
«Qozog‘iston Respublikasi elchixonasi mamlakatimiz fuqarolariga faol harbiy harakatlar olib borilayotgan joylarga yaqin hududlarni tark etish yoki Ukrainani tark etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi», — deyiladi xabarda.
Shu orada, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bir qator mamlakatlarning Kiyevdagi elchixonalari yopilgani haqidagi ma’lumotga munosabat bildirdi: "Hamkorlarimiz uchun qo‘shimcha axborot tarqatmasdan, vaziyatga munosib javob berish maqsadga muvofiq bo‘lardi deb hisoblaymiz."