Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Britaniyada maktablar yopildi

A A A
Britaniyada maktablar yopildi

Bugun Buyuk Britaniyada kuchli qor yog‘di, havo harorati -4°S gacha tushib ketdi, bu esa avtomobil va temir yo‘llarda tartibsizlikni keltirib chiqardi. Meteorologiya byurosi bir kun avval qor, yaxvonlik va sovuq haqida bir qancha ogohlantirishlar bergan bo‘lsa-da, britaniyaliklar bunday og‘ir ob-havo sharoitlariga tayyor emas edi, deb yozadi Grani sayti Daily Express nashriga tayanib.

Buyuk Britaniyaning ayrim qismlarida, jumladan Yorkshir, Uels, Shimoliy Irlandiya va Shotlandiyada qor yog‘di. Noqulay ob-havo tufayli milliy avtomagistrallarda sariq xavfli daraja e’lon qilindi. Qorning qalinligi 15 sm ga yetgani bois ayoz kuchayib, yo‘l harakati qiyinlashmoqda.

Britaniyada yomon ob-havo tufayli 200 ta maktab yopildi. Sinoptiklar havo harorati hafta oxirigacha me’yordan past bo‘lishini bashorat qilishdi.

Kiritildi: 18:42 20.11.2024. O'qildi: 9666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!