Agentlikka bu haqda G‘arbning nomini oshkor etmagan rasmiysi ma’lum qildi.
"Shimoliy Koreya o‘z harbiylarini Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga jo‘natganiga javoban London Kiyevga bunday zarbalar berishga ruxsat berdi. Buyuk Britaniya hukumati Moskvaning bu qadamini “mojaroni kuchaytirish” deya baholadi", deb yozadi Bloomberg.
Rossiya harbiy nashrlari Ukraina Qurolli kuchlari Storm Shadow raketalari bilan Kursk viloyatidagi Marino qishlog‘idagi nishonlarni o‘qqa tutgani haqida xabar bermoqda. Turli manbalarga ko‘ra, 10-12 ta raketa uchirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursk viloyati gubernatori Aleksey Smirnov havo hujumidan mudofaa tizimi mintaqa uzra ikkita raketani urib tushirganini e’lon qilgan, biroq ularning turini ma’lum qilmagan edi.