Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Do‘stlik tahdid ostida. Tramp va Mask o‘rtasidagi munosabatlar buzildi

Do‘stlik tahdid ostida. Tramp va Mask o‘rtasidagi munosabatlar buzildi

OAV tomonidan allaqachon «yilning eng yaxshi do‘stlari» deb atalgan Donald Tramp va Ilon Mask so‘nggi oylarda ajralmas bo‘lib qoldi. Ular birgalikda sport tadbirlarida qatnashishdi, raketa uchirilishini tomosha qilishdi va Floridada tez-tez uchrashishdi.

Mask hatto byurokratiya va davlat xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha yangi prezident tashabbusi rahbari lavozimini egalladi. Biroq, milliarder va bo‘lajak AQSh prezidenti o‘rtasidagi do‘stlik birinchi qiyinchiliklarga duch kelgan ko‘rinadi.

Axios portaliga ko‘ra, yaqinda Ilan Mask va Trampning asosiy maslahatchisi Boris Epshteyn o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan. Bunga sabab Mett Geytsning adliya vaziri lavozimiga tanlangani bo‘ldi, uni Mask tanqid qildi. U, shuningdek, Epshteynning Trampga ta’sirini shubha ostiga oldi va keskin javob berdi: Epshteyn Maskga muhokama qilinayotgan masalalarni tushunmasligini aytdi.

Bundan tashqari, Maskning xatti-harakati Tramp jamoasida norozilikni keltirib chiqarmoqda. NBS News xabariga ko‘ra, u «vise-prezident kabi harakat qilgani» va e’tibor qozonishga uringani uchun tanqid qilinmoqda.

Trampning birinchi qarorlari qo‘shimcha keskinlikni oshiradi. Yaqinda u Govard Lutnikni savdo kotibi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi, garchi Mask uni G‘aznachilik kotibi lavozimiga qo‘llab-quvvatlagan edi. Mask bo‘lajak prezidentning avtosanoat uchun atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini zaiflashtirish va elektr transport vositalarini sotib olish uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish rejalaridan ko‘proq xafa bo‘ldi. Bu, xususan, butunlay ekologik toza avtomobillar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan Tesla kompaniyasiga ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:46. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!