Yangi Zelandiya Eronga qarshi sanksiyalar tiklanganini e’lon qildi.
Bu haqda Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Uinston Piters bayonotida ma’lum qilingan.
Yangi Zelandiya tashqi ishlar departamenti tomonidan e’lon qilingan hujjatda qayd etilishicha, “sanksiyalarning qayta qo‘llanilishi Eronning uranni boyitish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotganidan xalqaro hamjamiyatning chuqur tashvishini aks ettiradi”. “Yangi Zelandiya yadro qurolini tarqatmaslik masalasini hal qilish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi va biz Eronni Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik bilan to‘liq muzokaralar va hamkorlikni davom ettirishga chaqiramiz”, dedi Piters.
Vazir, shuningdek, moliyaviy cheklovlar va sayohatlarni taqiqlashni o‘z ichiga olgan sanksiyalar 18 oktyabrdan kuchga kirishini ma’lum qildi. "Ular aktivlarini muzlatish va sanksiyaga uchragan shaxslarning kirishini taqiqlash, shuningdek, ayrim yadroviy va harbiy tovarlarni olib kirish va eksport qilishni taqiqlash kabi bir qator cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Yangi Zelandiya fuqarolari Eron bilan biznes yuritish istagida bo‘lgan fuqarolarning 16 fevral oyidan boshlab hukumat ro‘yxatidan o‘tishlari shart". qayd etdi.