2026 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘lib, 40 kishi halok bo‘lgan Shveysariyaning Krans-Montana tog‘-chang‘i kurorti 2038 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarining potensial mezboni deb topildi.
Bu haqda RTS nashri xabar berdi.
"Qishki Olimpiada o‘yinlari 90 yildan beri birinchi marta 2038 yilda Shveysariyada o‘tkazilishi mumkin. Shveysariya 2038 Assosiasiyasi tomonidan taklif qilingan mezbonlik joylari allaqachon e’lon qilingan. Fransuz tilida so‘zlashuvchi Shveysariyada Lozanna, Jeneva va Krans-Montana munisipalitetlari tanlangan", deb xabar berdi nashr.
Krans-Montanadan tashqari jami to‘qqizta shahar va viloyat tanlandi: Lozanna, Jeneva, Engelberg, Syurix, Sug, Lugano, Lenserxayde va Sankt-Moris.
Ushbu tashabbus o‘nta kanton va 14 ta kommuna tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va Shveysariya 2038 Assosiasiyasining o‘zi 2023 yil noyabr oyida milliy qishki federasiyalar, Shveysariya Olimpiya va Shveysariya Paralimpiya o‘yinlari tomonidan tashkil etilgan.