Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yangi Toshkentning maydoni Manxetten yoki ikkita Parij bilan teng bo‘ladi

Yangi Toshkentning maydoni Manxetten yoki ikkita Parij bilan teng bo‘ladi

Bu haqda qurilish sanoatiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada Business Consulting Group kompaniyasi direktori Pavel Zolotaryov ma’lum qildi.

U shuningdek, Markaziy Osiyoda Yangi Toshkent kabi 8 ta yangi shahar barpo etish rejalashtirilgani va ular 10–20 yil ichida bitib qolishini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, Yangi Toshkentda dunyodagi eng baland favvora paydo bo‘ladi. Uning balandligi 232 metrga yetadi va ochilishi shu yil avgust oyiga rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Yangi Toshkentning ilk aholisi shu yil dekabr oyida ko‘chib o‘tishi mumkin.

Birinchi navbatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushganlar hamda ma’muriy binolari Yangi Toshkentga ko‘chiriladigan davlat tashkilotlari xodimlari joylashtiriladi.

Bu haqda “Yangi Toshkent” direksiyasi departamenti boshlig‘i Azizbek Omonov ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:45 10.02.2026. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!