Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi

A A A
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi

Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan qo‘shimcha yer maydoni ajratildi. Bu haqda viloyat hokimining qarori chiqdi.

Qayd qilinishicha, Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi o‘zgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga ajratib berildi.

Tumanning «O‘zbekiston», «Guliston», «Istiqlol» mahallalaridagi hududlar Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 23:55 25.10.2024. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!