Suriyaning yangi ma’muriyati hal qilishi kerak bo‘lgan asosiy muammolardan biri bu iqtisodiyotdir. Suriya fuqarolar urushi boshlanishidan oldin ham yomon ahvolda edi, biroq butun mojaro davomida mamlakatning iqtisodiy inqirozi yanada chuqurlashdi.
Jahon banki hisobotiga ko‘ra, 2023 yilda Suriya funti AQSh dollariga nisbatan sezilarli darajada 141 foizga qadrsizlangan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, iste’mol narxlari inflyasiyasi 93 foizga oshgan, bu hukumat subsidiyalarini qisqartirish bilan kuchaygan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, aholining qariyb 90 foizi qashshoqlikda yashaydi, 12,9 millioni oziq-ovqat ta’minotidan mahrum, 6,8 millioni esa mamlakat ichkarisida ko‘chirilgan.