Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yangi oy hiloli masalasida xolis bo‘laylik...

Yangi oy hiloli masalasida xolis bo‘laylik...

O‘tgan yili Saudiyaning ba’zi mintaqalarida hilol ko‘ringani aytildi, Misr, Pokiston, Malayziya, O‘zbekiston va boshqa aksar musulmon diyorlarida hilol ko‘rinmadi. 

Bu diyorlar ulamolari “bizda ko‘rinmadi, ro‘za tutamiz” deganlarida ba’zi birodarlarimiz ularni malomat qildilar. Saudiyada ko‘rindi, bir yurtda ko‘rinsa, hammaga vojib bo‘ladi, demak tutmasligimiz kerak deb ancha tortishuvlarga sabab bo‘ldilar. 

Bu yil Saudiyada hilol ko‘rinmadi. Biroq Mavritaniya va boshqa ba’zi yurtlarda ko‘rinibdi: (videoni ko‘rish)

Xo‘sh endi ular nima qiladilar? Indamay ko‘zlarini yumib oladilarmi? 

Yoki endi “har bir diyorda o‘zining ahli hilol ko‘rishi kerak” deydilarmi? 

Unda nega oldingi yillari bunday demadilar? 

Unda nega ba’zilar o‘zlari Saudiyada yashamasalar ham “Saudiyada oy ko‘rinmadi” degan xabarni tarqatib, shunga asosan ro‘za tutyaptilar. Agar har yurtning o‘z hiloli desalar, “Men turgan yurtda ko‘rmayapmiz”, deyishlari kerak edi-ku. 

Yoki Saudiyada ko‘rinish-ko‘rinmasligi alohida xislatga egami? 

Bitta asl ushlab olinsa yaxshi edi. Mana bu videoda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh bu haqda yaxshi gap aytgan ekanlar. 

Bu borada shayx alloma Mustafo Zarqo va muhaddis faqih Ahmad Shokirlarning rohimahumalloh, risolalari ham bor, ummat uchun yaxshi yechim taklif qilingan. Qaysi ijtihodga ergashilsa ham, eng muhimi vaziyatga qarab rang almashtirmaslik kerak. Xolislik haqida gapirgan odam xolis bo‘lishni o‘zidan boshlab berishi shart.

O‘zlari Saudiyada yashamay, Saudiyada hilol ko‘rinmagani uchun ro‘za tutyapman deganlardan so‘rab ko‘ring, nega Mavritaniyada ko‘ringani uchun iyd qilmadilar? Yo faqat Saudiyada ko‘rinishi kerakmi?! 

Biz Saudiyadamiz, shuning uchun shu yerning musulmonlari tutganda tutamiz, ochganda ochamiz, Mavritaniya ko‘ribdi, deb ixtilof chiqarmaymiz. 
Siz ham o‘zingiz yashaydigan yurtdagi musulmonlar bilan bo‘ling. Binobarin, kelasi yillarda hilol Saudiyada ko‘ringani aytilsa, bizda ko‘rinmasa, darrov ixtilof qilishdan oldin bu yil Mavritaniyaga indamay ergashmaganingizni eslang. Xolis bo‘ling!

Mahmud Usmon

Kiritildi: 14:11 23.05.2020. O'qildi: 3374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!