Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Yangi metro vagoni tomidan suv sizib chiqdi. «Toshkent metropoliteni» bunga qanday izoh berdi?

A A A
Yangi metro vagoni tomidan suv sizib chiqdi. «Toshkent metropoliteni» bunga qanday izoh berdi?

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi metro vagoni tomidan suv tomchilari sizib chiqayotgani aks etgan video tarqaldi.

«Toshkent metropoliteni»ning ushbu hodisa bo‘yicha ma’lum qilishicha, holat vagon ichidagi iqlim tizimining drenaj teshigi tiqilib qolganligidan hosil bo‘lgan. 

«Videolarda namoyish etilganidek, vagon saloniga tomdan sizib kirgan suv tomchilari bu yomg‘ir suvi emas, balki kondisioner tizimining kondensatidir», - deyiladi ma’lumotda. 

Ta’kidlanishicha, ayni paytda ushbu muammo bartaraf etilgan. Kelib chiqqan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan. 

Kiritildi: 09:30 14.11.2020. O'qildi: 3987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!