Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

“YandexGo UB” “Uzum Market”ga nisbatan raqobat qonunchiligini buzgan deb topildi

A A A
“YandexGo UB” “Uzum Market”ga nisbatan raqobat qonunchiligini buzgan deb topildi

Raqobat qo‘mitasi “Uzum Market”ning murojaati asosida “YandexGo UB” MCHJga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha xulosasii e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “YandexGo UB” MCHJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan noto‘g‘ri taqqoslash, ya’ni raqobatchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni yoki uning tovarini tovarning ustunligi haqida tasavvur hosil qiluvchi so‘zlardan yoki ramzlardan tovarning xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsifini yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan holda foydalanib taqqoslashni amalga oshirgan deb topilgan.

Qo‘mita qaroriga muvofiq, “Yandex Market” reklamasi 1 oy ichida OAVdan olib tashlanishi shart.

Maxsus komissiya arizachi moddiy zarar yetkazilgani haqida asosli dalil keltirmagani uchun moliyaviy jarima qo‘llashni lozim deb topmadi.

Kiritildi: 13:28 06.08.2025. O'qildi: 1349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!