Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yana o‘lim: koronavirusga chalingan 57 yoshli erkak vafot etdi

Yana o‘lim: koronavirusga chalingan 57 yoshli erkak vafot etdi

Orenburgda koronavirus tashxisi qo‘yilgan 57 yoshli erkak vafot etdi, o‘lim sababi aniqlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Buzulukda yashovchi kishi surunkali kasalliklarga chalingan. Ma’lumki, mazkur holat ushbu hududda birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Erkak Yevropa mamlakatlariga sayohat qilgan va o‘z mashinasida Samara orqali shaharga qaytib kelgan. Bir necha kundan keyin u o‘zini yomon his qildi va shifokorlarga murojaat qildi. O‘z navbatida, unga koronavirus tashxisi qo‘yildi. U bilan birga olti oila a’zosi kasalxonaga yotqizilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni ming kishidan oshdi. Umuman, 28 mart holatiga ko‘ra Rossiyada 1036 ta yuqtirish holati qayd etilgan, shundan 196 ta holat o‘tgan kun davomida mamlakatning 16 mintaqasida qayd etilgan; 45 kishi tuzaldi.

Kiritildi: 13:41 28.03.2020. O'qildi: 9773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!