Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Virjiniya shtatida gubernatorlik saylovida 46 yoshli sobiq kongressmen va Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Ebigeyl Spanberger g‘alaba qozondi. Nyu-Jersi shtatida esa AQSh harbiy-dengiz kuchlarining sobiq uchuvchisi Miki Sherill gubernator etib saylandi.
Reuters xabariga ko‘ra, Nyu-York merligi uchun saylovda g‘alaba qozongan 34 yoshli so‘l siyosatchi Zohran Mamdanidan farqli o‘laroq, Spanberger va Sherill Demokratik partiyaning mo‘’tadil qanoti vakillari hisoblanadi.
Bundan tashqari, Kaliforniyada saylovchilar demokrat gubernator Gevin Nyusomning shtatdagi saylov okruglari chegaralarini o‘zgartirish haqidagi taklifini ma’qulladi. Bu o‘zgarish Demokratik partiya a’zolariga AQSh Kongressi Vakillar palatasida qo‘shimcha o‘rinlar olib kelishi mumkin.
Avvalroq Respublikachilar ustunlik qiladigan Texas shtatida ham saylov okruglari chegaralarini o‘zgartirish qarori mahalliy qonunchilik organi tomonidan ma’qullangan edi. Saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida saylov okruglari chegaralarini o‘zgartirish amaliyoti (gerrymandering) Qo‘shma Shtatlarda ilk bor XIX asrda qo‘llanilgan.