"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan joriy transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning ta’kidlashicha, Leverkuzenning "Bayer" klubi "shaharliklar"ga Gyundoganning ehtimoliy transferi bo‘yicha so‘rov yuborgan. Manbaga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning rejalariga kirmaydi, shuning uchun u tez orada klubni tark etishi kerak.
Ilkay o‘tgan yozda "Manchester Siti"ga qaytgandi. Bu mavsumda u hali maydonga tushmadi. Aytish kerakki, "Tottenxem"ga qarshi kechgan o‘yinda (0:2) futbolchi umuman qaydnomaga kiritilmadi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Gyundoganning narxini besh million yevroga baholamoqda.