Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yana bir o‘zbek aktrisasi ona bo‘ldi

Yana bir o‘zbek aktrisasi ona bo‘ldi

Aktrisa Sitora Alimjonova ilk marta onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. U o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Chaqaloqqa Muhammadamin deb ism qo‘yildi.

«Hayotimga xush kelibsan, mening hayotim! Senga o‘z vaqtimni berdim, senga o‘z tanamni, uyqumni berdim. Senga duolarim, ko‘z yoshlarim, tun va kunlarimni berdim. Shunday daqiqalar bo‘ldiki, men o‘zimni to‘liq senga berdim, ayrim daqiqalarda senga berish uchun o‘zimda nimadir qoldimi, deb o‘ylab qolaman. Senga beradigan hech narsam qolmaganini his etgan bunday daqiqalarda sen menga nima berganingni esladim. Sen menga vaqtga yangicha qarashni berding. U qanchalik qimmatbaho ekanligi hamda har bir soniya hisobga olinishini o‘rgatding. Sen menga kuchli, yorqin, shu bilan birga kamchiliklarga ega tanani hadya etding.

Sen menga Ona deb atalmish yangi nomni berding, ushbu nom ko‘p ma’noga ega va juda ahamiyatli. Sen menga ta’sirchanroq, g‘amxo‘rroq va umidlarga to‘la bo‘lgan o‘zimning yangi talqinimni berding. Alloh meni senga va seni menga berdi, men buning uchun har doim minnatdor bo‘laman», — deb yozadi aktrisa.

Kiritildi: 16:45 22.11.2020. O'qildi: 5932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!