Bugun 13 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nemis jurnalistkasi Rossiya agentlariga chiqish uchun Putin tarafdori qiyofasiga kirdi

Nemis jurnalistkasi Rossiya agentlariga chiqish uchun Putin tarafdori qiyofasiga kirdi

RTL telekanali jamoasi bir yil davomida Germaniyadagi Rossiyaning «bir martalik agentlari» tarmog‘ini tergov qildi. RTL, ntv va Stern jurnalisti Anjelika Geray bir necha oy davomida ijtimoiy tarmoqlarda soxta kanal yuritib, o‘zini Rossiya hokimiyati tarafdori qilib ko‘rsatgan.

U o‘z sahifasida o‘zini Katya deb tanishtirgan, Rossiya bayrog‘i fonida telnyashkada videolar chiqargan, Bundestag atrofida uch rangli bayroq bilan yurgan va Vladimir Putinni maqtagan. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p o‘tmay u bilan aloqaga chiqishgan va unga turli topshiriqlar bera boshlashgan. Masalan, Germaniyadagi turli ob’ektlarni suratga olish, hukmron XDS partiyasi, qurol-yarog‘ kompaniyalari va notijorat tashkilotlarni kuzatish, ularning xodimlariga oid aloqa va shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash.

Jurnalistlar aniqlashicha, «bir martalik agentlar» bilan hamkorlik dastlab oddiy va qonuniy vazifalardan boshlanadi va buning uchun kichik miqdorda pul taklif qilinadi. Masalan, suratga olish, posilkani olib ketish yoki SIM-karta olish. Ammo keyinchalik bunday hamkorlik ancha jiddiy va xavfli tus oladi. Aloqa asosan Telegram orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, «bir martalik agentlar»ning har biri umumiy rejaning faqat bir qismini biladi, xolos.

«Katya»ning profili Sahra Vagenknext Ittifoqi siyosatchisi Yovisa Yovichning e’tiborini tortgan. U Gerayni aslida kim ekanini bilmagan holda uchrashuvga chaqirgan. Yovich unga kanalni qanday rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar bergan. Masalan, «NATO bayrog‘i ustida oyoqlari bilan raqsga tushish»ni taklif qilgan.

Jurnalist undan Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qiladimi, deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ragan.

«Men Rossiya maxsus xizmatlari bunga aralashgan, deb aytmayapman, chunki o‘zimni go‘yoki ahmoqdek qilib ko‘rsatyapman. Bunday narsalarni axir hech kim bilmaydi. Ya’ni nazariy jihatdan men buni bilmayman. Amalda esa — bilaman», — deb javob bergan u.

Keyinchalik Yovich ochiq intervyuda Rossiya razvedkasi bilan aloqalari va dezinformasiya kampaniyalarida ishtirok etganini rad etgan.

Geray «Katya» obrazi soxta ekanini ommaga oshkor qilganidan so‘ng, unga o‘lim bilan tahdid qilingan. Ovozli xabarda: «Agar qochishga urinsang, o‘q yeb qolasan!» degan tahdid bo‘lgan.

Kiritildi: 22:15 12.09.2026. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!