Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Yana bir futbolchi Saudiya Arabistoni klubi taklifini rad etdi

A A A
Yana bir futbolchi Saudiya Arabistoni klubi taklifini rad etdi

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichning keyingi mavsumdagi taqdiri hamon ma’lum emas.

Jurnalist Tomas Gonsalesning yozishicha, xorvatiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubidan tushgan yillik 30 million yevro maoshli taklifni rad etgan. U oilasi bilan Madridda qolishni istamoqda.

Qayd etilishicha, Modrich «Real» rahbariyatidan kelishuvni uzaytirish taklifini kutmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres esa sentyabrda 38 yoshga to‘ladigan yarimhimoyachi Xorvatiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlamagani bois, mavsum yakuniga yaqin bu borada aniq qarorga kelmoqchi.

Avvalroq, Saudiyaning «An-Nasr» klubi Luka Modrichni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Modrich 2012 yildan buyon Madrid klubida to‘p surib kelmoqda. U 307 o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol muallifiga aylangan.

Kiritildi: 19:54 12.04.2023. O'qildi: 1831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!