Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yana bir davlat prezidenti ustidan jinoyat ishi ochildi

Yana bir davlat prezidenti ustidan jinoyat ishi ochildi

Armaniston Bosh prokuraturasi mamlakat prezidenti Armen Sarkisyanning qo‘sh fuqaroligini saqlagani bo‘yicha jinoyat ishi ochdi. Bu haqda Armaniston advokatlar palatasi raisi Ara Zograbyan Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, avvaliga Maxsus tergov qo‘mitasi jinoyat ishi qo‘zg‘ashni rad etgan, advokatlar esa ushbu qaror ustidan shikoyat qilgan. Zograbyanning so‘zlariga ko‘ra, Bosh prokuratura Maxsus tergov qo‘mitasining qarorini bekor qildi va Jinoyat kodeksining 325-moddasi 1-qismiga (hujjatlarni qalbakilashtirish, ulardan foydalanish) muvofiq ish ochgan. 

Armaniston konstitusiyasiga binoan 40 yoshdan katta hamda oxirgi olti yil Armaniston fuqarosi bo‘lib, mamlakatda muntazam yashagan shaxs prezident bo‘lishi mumkin. Zograbyanning ta’kidlashicha, 2018 yilning martida prezident lavozimini egallagan Armen Sarkisyan kamida 2012 yilning oxirigacha Britaniya fuqaroligini saqlab kelgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, u Britaniya fuqaroligidan 2012 yilning 1 martigacha voz kechgan bo‘lsagina prezident etib saylanishi mumkin.

Bundan tashqari, Armaniston advokatlar palatasi raisi Ara Zograbyan prezident Sarkisyanning diplomatik faoliyat bilan birga shaxsiy biznes bilan ham shug‘ullanganini aytmoqda. 

Britaniya soliq xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2011-2014 yillarda taqdim etilgan hujjatlarda Armen Sarkisyan Eurasia House International firmasining muassisi va direktori sifatida qayd etilgan, yashash joyi va fuqaroligi esa Britaniya deb ko‘rsatilgan. 

Sarkisyanning o‘zi Britaniya fuqaroligidan 2011 yilda voz kechganini aytib keladi.

Kiritildi: 17:36 04.05.2021. O'qildi: 3227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!