Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yana 11 ta! Qozog‘istondan kelgan erkakda koronavirus aniqlandi

Yana 11 ta! Qozog‘istondan kelgan erkakda koronavirus aniqlandi

Joriy yil 23 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 (+11) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda kelgan, yana 1 nafari Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 2 holatda poytaxtimizda, 7 holatda esa Samarqandda aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2525 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda 551 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:02 23.05.2020. O'qildi: 2682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!