Yamanning "Ansor Alloh" isyonchi harakatining hutiylari Tel-Avivdagi Isroil mudofaa kuchlari infratuzilmasiga hujum qildi.
Bu haqda isyonchilar tuzgan qurolli kuchlar vakili Yahyo Sariyaning "Telegram" kanalida e’lon qilingan bayonotida aytilgan.
Matnga ko‘ra, kun davomida Isroil hududiga "Falastin-2" tipidagi bir nechta gipertovushli ballistik raketalar uchirilgan. Ta’kidlanishicha, barcha snaryadlar o‘z nishonlariga yetib borgan.
"Operasiya Eron qurolli kuchlari bilan kelishilgan holda amalga oshirildi", — deyiladi xabarda.