Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
"Eron parlamenti Xo‘rmuz bo‘g‘ozini yopish zarur, degan fikrda. Bu bo‘yicha yakuniy qarorni mamlakatning Milliy xavfsizlik kengashi qabul qilishi kerak", — dedi Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha komissiyasi a’zosi Ismoil Kousari.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi — Fors ko‘rfazini Ummon ko‘rfazi orqali Hind okeani bilan bog‘laydi. Bu bo‘g‘oz suyultirilgan gaz va neftning global savdosi uchun strategik ahamiyatga ega. Bo‘g‘ozning eng tor joyida, Ummon va Eron o‘rtasidagi masofa 54 kilometrni tashkil etadi.