Yamanning isyonchi "Ansor Alloh" harakatidagi hutiylar tomonidan tuzilgan qurolli kuchlar Negev cho‘lidagi harbiy ob’ektga va Isroil janubidagi Eylat shahridagi portga zarba berdi.
Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya isyonchilarga tegishli Al Masirah telekanali efirida ma’lum qildi.
Sariyaning aytishicha, hutiylar "uchta dron yordamida muvofiqlashtirilgan operasiyani amalga oshirgan, ulardan ikkitasi Negev mintaqasidagi sionist dushmanning muhim harbiy nishoniga, uchinchisi bosib olingan Falastindagi Umm ar-Rashrash (Eylatning arabcha nomi) portiga hujum qilgan”.