Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaman xusiylari Isroilni o‘qqa tutishda davom etmoqda

Yaman xusiylari Isroilni o‘qqa tutishda davom etmoqda

23 mart kuni ertalab yamanlik xusiylar Isroilga yana raketa zarbalari berdi. Mamlakatning markaziy mintaqasida – Tel-Aviv va qo‘shni shaharlarda havo hujumi sirenalari yangradi.

Isroil mudofaa kuchlari raketa mamlakat havo hududidan tashqarida urib tushirilganini aytdi. Odatdagidek, bunday holatlarda raketa va tutqichlarning parchalari qulaganda sirenalar yoqildi. O‘qqa tutilishi natijasida moddiy zarar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Ben Gurion aeroportidagi ishlar 20 daqiqaga to‘xtatildi.

Isroil armiyasi G‘azo sektorida jangga qaytishi bilan xusiylar Isroilni o‘qqa tuta boshlagan.

Kiritildi: 14:40 23.03.2025. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!