Yaman harbiylari Eron qo‘llab-quvvatlayotgan husiylarga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlashini ma’lum qildi. Maqsad — husiylar nazoratiga o‘tib ketgan hududlarni qaytarib olish.
France 24 xabar berishicha, Yaman armiyasi husiylar pozisiyalariga 1000 dan ortiq zarba berishni rejalashtirmoqda.
Husiylar sentyabr oyida hujum boshlagan va BMT ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar natijasida ikki tomondan yuzlab jangchilar halok bo‘lgan.
Ayni paytda Yamandagi front Yaqin Sharqda davom etayotgan keng ko‘lamli urushdagi eng faol yo‘nalishlardan biriga aylangan.