Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Yaman bosh vaziri iste’foga chiqdi

Yaman bosh vaziri iste’foga chiqdi

Yaman bosh vaziri Ahmad Avvad bin Muborak iste’foga chiqdi.

“Report” xabariga ko‘ra , u bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.

“Men Prezident kengashi rahbari Rashad al-Alimi bilan uchrashuvimni yakunladim va unga bosh vazirlikdan iste’foga chiqishimni topshirdim”, — deyiladi bin Muborak bayonotida.

U iste’foga chiqish qarorini “konstitusiyaviy vakolatlarini bajara olmayotgani va hukumat tarkibini o‘zgartirishga qodir emasligi” bilan izohlagan, shuningdek, faoliyatida ko‘p qiyinchiliklarga duch kelganini ta’kidlagan.

Bin Muborak 2024-yil fevral oyi boshida Yaman bosh vaziri etib tayinlangan edi.

Kiritildi: 22:33 03.05.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!