Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yamal o‘z xatti-harakati bilan Flikni g‘azablantirdi

A A A
Yamal o‘z xatti-harakati bilan Flikni g‘azablantirdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik vinger Lamin Yamalning maydon tashqarisidagi faol harakatlaridan norozi.

Mavsum boshlanishidan oldin mutaxassis futbolchilar, jumladan, Yamal bilan bir nechta shaxsiy suhbatlar o‘tkazdi. Germaniyalik murabbiy yosh ispaniyalik ijtimoiy tarmoqlarda haddan tashqari ko‘p vaqt o‘tkazayotgani, bu uning faoliyatiga putur yetkazishi mumkinligini ta’kidlagandi.

Mutaxassis o‘yinchidan bor e’tiborini ishga qaratish va e’tiborni o‘ziga jalb qilmaslikni so‘ragan. Flik butun jamoadan intizom va professionallikka rioya etishni talab qilgan.

Kiritildi: 23:24 14.08.2025. O'qildi: 1464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!