Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yamal Ispaniyada mavsum rekordini o‘rnatdi

Yamal Ispaniyada mavsum rekordini o‘rnatdi

"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Alaves"ga qarshi o‘yinda (1:0) o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

17 yoshli futbolchi o‘yin davomida 11 ta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirdi, bu La Liganing joriy mavsumidagi eng yaxshi natija. Avvalgi rekord Vinisius Junior, Dani Raba, Dodi Lukebakio va Yamalning o‘ziga tegishli edi. Ular bir o‘yinda 7 ta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan.

"Barselona" vunderkindi 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha Lionel Messidan o‘zib ketdi va rekordchiga aylangani ham e’tiborga molik.

Kiritildi: 12:11 03.02.2025. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!