Bugun, 1 sentyabr kuni soat 16:26 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi daxasida joylashgan Yakkasaroy texnopark hududidagi ishlab chiqarish sexining tom va ichki qismida taxminan 1000 kv.m. maydonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:31da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:29 da qurshab olingan va soat 18:07 da bartaraf etilgan.
Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus suv tashishga mo‘ljallangan (vodovoz) avtomobil, 1 ta qutqaruv otryadi ekipaji jalb etilgan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.