Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Yakkabog‘da 17 nafar hokim yordamchisiga hayfsan berildi

A A A
Yakkabog‘da 17 nafar hokim yordamchisiga hayfsan berildi

Hokim Lutfiddin Abdullayevning "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha ayrim Yakkabog‘ tumani hokimi yordamchilariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llash to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tumandagi "Daryo", "Tatar", "Qayrag‘och", "Esat", "Yangihayot", "Sandal", "Alako‘ylak", "Paxtakor", "Jambul", "Shar-sharbog‘ot", "Ishkent", "Mevazor", "Farovonlik", "Ayg‘irko‘l", "Cho‘mich", "Obod", "G‘ozliq" mahallalarining hokim yordamchilariga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Bunga sabab qilib "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorda belgilab berilgan vazifalar lozim darajada bajarilmaganligi ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 18:47 17.12.2022. O'qildi: 3021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!