Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yahudiy tadqiqotchi: Isroil askarlari faqat video o‘yinlar yordamida o‘ldirishni biladi, yerdagi qo‘l jangida esa Livanda halokatli mag‘lubiyatga uchradi

A A A
Yahudiy tadqiqotchi: Isroil askarlari faqat video o‘yinlar yordamida o‘ldirishni biladi, yerdagi qo‘l jangida esa Livanda halokatli mag‘lubiyatga uchradi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 389 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt-Laxiya va Jabaliya lageriga hujum qilishdi. Kun davomida 32 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 43 020 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Bosqinchilar Jabaliya lageridagi YUNRVA maktabini yoqib yuborishdi. «Al-Faruxa» ko‘chirilganlar bilan. Avvalroq fashistlar tanklarda ushbu hududga kirgandi. 36 kishi halok bo‘ldi va yaralandi.

▪️G‘azo shimolidagi ommaviy qirg‘in. Bugun tong saharda Isroil Bayt Lahiyadagi 5 qavatli turar joy binosini portlatib yubordi. Vayronalar ostidan 65 kishining jasadi topilgan, ulardan 17 nafari bolalardir. O‘lganlar soni 100 kishiga yetishi mumkin.

▪️Isroilga qarshi genosid da’vosini qo‘zg‘atgan Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro sudga genosid haqida yana 5 ming sahifalik matn taqdim etdi.

▪️Evropa-O‘rtayer dengizi Inson huquqlari tashkiloti: Isroil bir oydan kamroq vaqt ichida G‘azodagi ko‘chirilganlar yashayotgan 39 ta boshpanaga hujum qildi.

▪️G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: G‘azo shimolidagi qamal 25 kundan beri davom etmoqda. Bu vaqt ichida 1000 dan ortiq odam, asosan ayollar va bolalar halok bo‘ldi.

▪️Bosqinchilar Livanda Bekaa vodiysi, Baalbek va Tir shahriga hujum uyushtirdi. 24 soat ichida 60 kishi vafot etdi.

▪️ “Hizbulloh”: Livanda quruqlikdagi operasiya boshlanganidan beri Isroilning 90 askari halok bo‘ldi va 38 ta “Merkava” tanki yo‘q qilindi.

▪️Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich so‘nggi vaqtlarda Isroil harbiylari orasida yo‘qotishlar ortgani uchun jonli efirda yig‘ladi.

▪️ “Hizbulloh” bir kunda 30 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Hayfa, Safad, Kiryat Shmona, Margaliotdagi Stella Maris dengiz bazasiga zarbalar berildi, Zarait, Kesar va Rosh Pinnada askarlar yo‘q qilindi.

▪️Husiylar Arab dengizidagi SC Montreal va Maersk kowloon kemalariga, Qizil dengizdagi Motaro kemasiga hujum qildi.

▪️Amerikalik yahudiy tadqiqotchisi Norman Finkelshteyn: Isroil askarlari faqat video o‘yinlar yordamida o‘ldirishni biladilar, yerdagi qo‘l jangida esa Livanda halokatli mag‘lubiyatga uchradi.

Kiritildi: 20:00 29.10.2024. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!