29 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov kommisiyasining majlisida yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylovida deputatlik o‘rinlari siyosiy partiyalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:
➖ Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi — 26 ta deputatlik o‘rni;
➖ O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi — 14 ta deputatlik o‘rni;
➖ O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi — 13 ta deputatlik o‘rni;
➖ O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi — 12 ta deputatlik o‘rni;
➖ O‘zbekiston Ekologik partiyasi — 10 ta deputatlik o‘rni.
Bundan tashqari, deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalar va partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlarga xabarnomalar yuborish belgilandi. Shundan so‘ng, Markaziy saylov komissiyasi ularni Qonunchilik palatasi deputati etib ro‘yxatga oladi.