Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Yadro urushi xavfi saqlanib qolmoqda – Bloomberg

Yadro urushi xavfi saqlanib qolmoqda – Bloomberg

Putin Ukrainaga qarshi urushda yadro qurolini qo‘llash fikridan voz kechmagan. Bu haqda kecha AQSh Senatning tegishli qo‘mitasiga taqdim etilgan razvedka hisobotida keltirilgan.

"Kremlning jang maydonida tez va hal qiluvchi g‘alabalarga erisha olmayotgani hamda Ukrainaning Rossiya hududiga bergan zarbalari Putinni yadro qurolini ishlatishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni keltirib chiqarishda davom etmoqda", deya razvedka hisobotidan iqtibos keltirdi Bloomberg.

AQSh razvedkasiga ko‘ra, hozircha na Moskva, na Kiyev urushni tugatishga tayyor. Ikkala tomon ham urushning cho‘zilishi ehtimoliy qoniqarsiz kelishuvga qaraganda kamroq xavf tug‘diradi deya hisoblamoqda.

Kiritildi: 20:52 26.03.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!