Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yadro sohasi Rossiya davlati rivojlanishining asosi hisoblanadi — Rossiya prezidenti

A A A
Yadro sohasi Rossiya davlati rivojlanishining asosi hisoblanadi — Rossiya prezidenti

Vladimir Putin bu haqda Rossiya atom sanoatining 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda aytib o‘tdi.

Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kelganidan so‘ng, “tonnel oxirida yorug‘lik ko‘rina boshladi”;

◾️ Tramp bilan Alyaskadagi uchrashuvimiz juda yaxshi o‘tdi. Rossiya va AQSh hukumatlari sammit natijalarini rivojlantirish maqsadida aloqalarni davom ettirmoqdan

◾️ Rossiya AQSh bilan munosabatlarni to‘liq tiklashga umid qilmoqda;

◾️ Biz uchun eng muhimi — o‘z suverenitetimizni saqlab qolish. Suverenitetni yo‘qotish Rossiya uchun mavjudlikning tugashini anglatadi;

◾️ Trampning yetakchilik sifatlari AQSh bilan munosabatlarni tiklash uchun imkon beradi;

◾️ Bugungi kunda Yevropa o‘z suverenitetidan mahrum;

◾️ Rossiya 2014 yilda Donbass aholisiga qarshi boshlangan urushni to‘xtatish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda;

◾️ Rossiya uchun “dushman mamlakatlar” yo‘q, faqat “dushman elitalar” bor;

◾️ Rossiya hali ham “dushman” mamlakatlarga yadro yoqilg‘isini yetarli hajmda yetkazib bermoqda;

◾️ Siyosiy bosim tufayli biz bilan hamkorlikni to‘xtatganlar oxir-oqibat oldimizga qaytadi;

◾️ Shimoliy dengiz yo‘li Rossiya uchun muhim ahamiyatga ega;

◾️ Qurolli kurash olib borish sharoitlari va usullari kundan-kunga o‘zgarib bormoqda;

◾️ Hech bir davlat Rossiyadagi kabi yadro muzyorar kemalari flotiga ega emas;

◾️ Dunyoning ko‘plab mamlakatlari Shimoliy dengiz yo‘lidan foydalanishga qiziqmoqda, uni rivojlantirmaslik ahmoqlik bo‘ladi;

◾️ Rossiya mudofaa qobiliyatiga oid masalalar shimoliy kengliklarni o‘rganish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq;

◾️ Arktika hududida ulkan foydali qazilma zaxiralari bor, Rossiya ulardan foydalanish bo‘yicha ish boshlagan;

◾️ Arktikadagi Rossiya yadro suv osti kemalarini mamlakatning strategik ustunligi hisoblanadi;

◾️ Rossiya AQSh bilan Arktika va Alyaskada hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda;

◾️ Rossiya Arktikada ishlash uchun ega bo‘lgan texnologiyalar boshqa hech bir davlatda yo‘q, bu esa Qo‘shma Shtatlar va boshqa hamkorlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda;

◾️ Rossiyada ulkan hisoblash imkoniyatlariga ega kvant kompyuterlari mavjud.

Kiritildi: 12:33 23.08.2025. O'qildi: 1143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!