Texasning Xyuston shahridagi tungi klubda yuz bergan otishmada olti kishi yaralandi.
Bu haqda mahalliy polisiya xabar berdi.
"Yakshanba kuni ertalab Xyustondagi tungi klubda yuz bergan otishmada olti kishi yaralandi, ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda", — deyiladi telekanal xabarida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari otishmadan keyin mashinada qochib ketgan ikki gumonlanuvchini hozircha qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lmagan. Ularning harakatlari sabablari ham noma’lum.
Telekanal qayd etganidek, otishma huquq-tartibot idoralarining Xyustondagi noqonuniy tungi klublarga o‘tkazgan reydlari fonida, u yerda bir qator otishmalardan so‘ng sodir bo‘lgan.