Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xusiylar Saudi Aramco neft kompaniyasining bosh qarorgohiga zarba berdi

A A A
Xusiylar Saudi Aramco neft kompaniyasining bosh qarorgohiga zarba berdi

Husiylar Saudiya Arabistonining Dahron shahrida joylashgan dunyodagi eng yirik neft kompaniyasi Saudi Aramco shtab-kvartirasiga hujum qildi. Binoda yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda 14 oktyabr, chorshanba kuni Euronews agentligi xabar berdi.

Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat sharqidagi Dahranda binoga zarba berilgan. Hujum oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan ishchilar yo‘q. Biroq vayronalar qulashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Kompaniya xodimlarining bir qismi masofaviy ish rejimiga o‘tkazildi.

OAVning qayd etishicha, ballistik raketa ofis minorasining yuqori uch qavatiga zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi Ar-Riyodda qo‘lga olingan raketa parchalari to‘rt kishini jarohatlagani haqida xabar berdi: ikki ayol, bir erkak va bir bola jarohatlangan.

Shuningdek, 15 ta turar-joy binosiga zarar yetgan.

Avvalroq husiylar Ar-Riyoddagi aeroportga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olgan edi. Hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va 300 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Kiritildi: 22:11 14.10.2026. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!