Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xushxabar! Turkiyada Navoiyning bahosi 100 ming dollar bo‘lgan qo‘lyozmasi topildi

Xushxabar! Turkiyada Navoiyning bahosi 100 ming dollar bo‘lgan qo‘lyozmasi topildi

Turkiyaning Kilis shahridagi tintuv vaqtida Alisher Navoiyning 100 ming dollarga baholanishi taxmin qilinayotgan qo‘lyozmasi topildi15-asrga taalluqli qo‘lyozma Alisher Navoiy g‘azallari asosida tartib berilgan devondir.

Kilis shahri prokuraturasi ko‘rsatmasiga asosan tarixiy asarlarni o‘g‘irlovchi, yashirincha saqlovchi shaxslarga qarshi maxsus operasiya o‘tkazilgan.

Navoiy qo‘lyozmasi Kilis shahri markazida yashovchi T.A. ismli kishining uyidagi tintuvda topilgan.

Qo‘lyozma 378 sahifadan iborat bo‘lib, 100 ming dollarga baholanishi kutilmoqda.

Ismi ochiqlanmagan T.A.ni so‘roq qilish uchun Tergov qo‘mitasiga olib borishgan.

Turkiyaning «Hurriyet» gazetasi Navoiy turkiy tilda ilk bor «Xamsa» yozgani, turkiy tilning fors tilidan ustunligini isbotlovchi «Muhokamatul-lug‘atayn» asarini yozganini qayd etarkan, Navoiyni Mahmud Koshg‘ariydan keyin turk tiliga eng ko‘p xizmat qilgan kishi deb e’tirof etgan.

Kiritildi: 12:00 15.06.2019. O'qildi: 3612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!