Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xushxabar! Qoraqalpog‘istonda 15 nafar bemor butkul sog‘aydi

Xushxabar! Qoraqalpog‘istonda 15 nafar bemor butkul sog‘aydi

Bir tomondan kunlar isib, bahor faslining chiroy ochayotgani, ikkinchi tomondan esa kundan kunga koronavirus infeksiyasidan tuzalayotgan bemorlarning ko‘payib borayotgani yurtdoshlarimiz kayfiyatiga, ruhiyatiga ijobiy ta’sir etayotgani shubhasiz. Bugun ham barchamizni quvontiradigan ko‘plab xushxabarni taqdim etish niyatidamiz.

Ushbu xayrli jarayonlar ortida esa minglab insonlar, jumladan, fidoiy shifokorlarning zahmatli faoliyati mujassam. Qahramon tibbiyot xodimlari har doimgidek, zimmasidagi vazifalarni sharaf bilan bajarishmoqda.

Bugunning birinchi yangiligini Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning sog‘ayib chiqqanligi haqidagi xabar bilan boshlaymiz.

Sog‘ayganlarning 2 nafari Toshkent shahridan, 13 nafari Qoraqalpog‘istondan (11 nafari Nukus shahridan  bo‘lsa, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 372 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 13:16 22.04.2020. O'qildi: 3031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!