Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xushxabar! Jarimaning 70 %i to‘lansa, qolganidan ozod bo‘lish mumkin

Xushxabar! Jarimaning 70 %i to‘lansa, qolganidan ozod bo‘lish mumkin

Huquqbuzar jarima solish haqida qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi mumkin. Bu bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda kiritilmoqda, deb xabar berdi deputat Rasul Kusherbayev.
Kodeksga yangi kiritilayotgan 332-1 moddaga ko‘ra:
ma’muriy jarima sud tomonidan tayinlanganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest berilganda;
huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda ushbu tartib qo‘llanilmaydi.
O‘tgan davrda Ichki ishlar organlari tomonidan solingan jarimalarning ixtiyoriy ravishda to‘langan ko‘rsatkichlari baland emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilda 43 foizni, 2018 yilda esa 55 foizni tashkil etgan.
Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida (Angliya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi) huquqbuzar jarimaning 70 yoki 50 foizini qonunchilikda belgilangan muddatda (joyning o‘zida yoki 7, 15, 20 yohud 21 kunda) to‘lasa jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan. 
Yodda tutish kerakki, ushbu qonun loyihasi qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi hamda mazkur qonun kuchga kirgandan so‘ng chiqarilgan jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarga tadbiq etiladi.
Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jarimalarni to‘lash masalasi fuqarolarni nisbatan ko‘proq bezovta qilishini inobatga olib, kemeralar bilan bog‘liq jarayonda muammolar kelib chiqmasligi uchun loyiha ustida ko‘proq tortishishga to‘g‘ri keldi, deb yozadi deputat.

Kiritildi: 11:09 07.08.2019. O'qildi: 2763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!