Xitoy restoranlaridan birida ovqatlanishni ixtiyor etgan bir juftlik tushlikka imbir, soya sousi va piyoz bilan dimlangan kambala buyurishdi.
Buyurtmani stolga keltirishgach, kishini ham kuldiradigan, ham qo‘rqitadigan g‘alati hodisa sodir bo‘ldi. Qayta tirilgan (yoki hali o‘lmagan) baliq tarelkadan tushib, stol ustida lapanglay boshladi.
Tabiiyki, taom egalarining ishtahasi shu zahotiyoq g‘ippa bug‘ildi. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda ham tez tarqalib ketdi. Ekspertlarning fikricha, taom chala tayyorlangan bo‘lishi mumkin.
Manba: inshe.tv