Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Xududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar qo‘lga tushdi

Xududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar qo‘lga tushdi

⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.S.” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi A.N. va boshqalar tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga suv nasoslarini yashirincha ulab, jami 452,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

2️⃣ Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.S.” xususiy korxonasi rahbari J.N. “Ittifoq-Gulbog‘” MFY hududidagi noturar binoda tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 163,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

3️⃣ Departamentning Chortoq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.A. noturar-joy binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga suv nasosi va boshqa elektr jihozlarini hisoblagichdan tashqari ulab, 130,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:34. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!