Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik ortga qaytarildi

Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik ortga qaytarildi

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshimizning vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatishdi. Bu haqda "Dunyo" xabar berdi.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, N.S. 2024 yilda ishlash uchun Zagreb shahriga kelgan. O‘tgan yil 29 noyabr kuni u yo‘l transport hodisasi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan va Zagreb shahridagi markaziy shifoxonaga yotqizilgan. Bemor o‘tgan vaqt davomida doimiy tarzda shifokorlar nazoratida bo‘ldi.

O‘zbekiston elchixonasi voqea sodir bo‘lgan dastlabki kunlardanoq vaziyatni nazoratga oldi. Diplomatik missiya shifokorlar va shifoxona vakillari bilan hamyurtimizning ahvoli yuzasidan muloqot qilib turdi. Jabrlanuvchining oila a’zolari bilan ham yaqin muloqot o‘rnatildi va bemorning ahvoli to‘g‘risida aniq ma’lumotlar taqdim etildi.

Bemorning murakkab ahvoli inobatga olinib, diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan, Migrasiya agentligi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida yuqori malakali tibbiyot mutaxassisi Xorvatiyaga olib kelindi.

Barcha jalb qilingan tuzilmalarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari tufayli N.S. 11 aprel kuni O‘zbekistonga muvaffaqiyatli yetkazildi. Vatanga yetib kelgach, u ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan va kerakli davolanishni davom ettirmoqda.

Bemorning davolanishi uchun ketgan to‘lovlar sug‘urta kompaniyasi va ish beruvchi tomonidan qoplangan.

Kiritildi: 11:36 15.04.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!