Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Xorijliklarga 1 million dollar evaziga AQShda yashash va ishlash ruxsatnomasini olish imkonini beruvchi Trampning “Oltin kartasi” ni faqatgina bir kishi oldi

Xorijliklarga 1 million dollar evaziga AQShda yashash va ishlash ruxsatnomasini olish imkonini beruvchi Trampning “Oltin kartasi” ni faqatgina bir kishi oldi

Bu haqda Associated Press agentligi Qo‘shma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnikka tayanib xabar berdi.

Ushbu ma’lumot prezident Donald Trampning dekabr oyidagi bayonotidan keskin farq qiladi. O‘shanda u bir necha kun ichida 1,3 milliard dollarlik kartalar sotilganini aytgan edi.

Ma’lum qilinishicha, bu karta orqali jismoniy shaxslar va korporasiyalar Qo‘shma Shtatlarda tezlashtirilgan rezidentlik huquqini olishlari mumkin bo‘ladi. Shaxsiy “Oltin karta”ni 1 million dollarga sotib olish mumkin Xodimlarni homiylik asosida olib kelmoqchi bo‘lgan kompaniyalar 2 million dollar, shuningdek, qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lashi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 18:40. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!